Prezident parlamentga murojaatida sud-huquq sohasidagi o‘zgarishlarga to‘xtaldi: advokatlarni tanlash bo‘yicha elektron tizim yaratiladi, viloyat sudlari mas’uliyati va vakolatlari oshiriladi, prokurorlarning xolisligi qonun bilan mustahkamlanadi, ayblov xulosalari esa faqat himoya fikri bilan qabul qilinadi.
Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, «mening farzandim chet tillarini biladiyu, ona tilini bilmaydi, degan gap Yangi O‘zbekistonga ma’qul emas». «Chet tilini bilishi kerak, lekin ona tilini bilishga majbur», — deya qo‘shimcha qildi prezident.
«Jamoat transportidagi vaziyat mutlaqo o‘zgaradi», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Qolaversa, poytaxt uchun 1000 ta avtobus xarid qilinadi, 7 ta yer usti metro bekati ochiladi, 2023 yilda hududlar yana 1000 ta avtobusga ega bo‘ladi. Boshqa transport turlari haqida esa so‘z yuritilmadi.
Shavkat Mirziyoyev bundan buyon o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajara olmagan vazir iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vazirlar har yil boshida jamoatchilik oldida sohadagi rejasi va yil yakuni bilan esa uning natijasi bo‘yicha hisobot beradi.
Prezident xalqqa murojaatida Nukus voqealariga ham to‘xtalib o‘tdi. “Bizning ezgu maqsadimiz — birgalikdagi mehnatimiz bilan Yangi O‘zbekistonda har tomonlama rivojlangan, obod va farovon Yangi Qoraqalpog‘istonni bunyod etishdir”, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident Mirziyoyevning aytishicha, yilga nom tanlash uchun aholidan tushgan «20 mingga yaqin taklif» muhokama qilingan. «Juda ko‘p o‘ylandik», dedi u. Davlat rahbari 2023 yilga berilgan nomni izohlarkan, Yusuf Xos Hojibdan iqtibos keltirdi: «Zakovat bor joyda ulug‘lik, bilim bor joyda buyuklik bo‘ladi».
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi 20 dekabr kuni bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zbekistonning 47 ta tumanida 70−80 foiz korxonalarda ishchilar soni 1 nafarni tashkil etmoqda. Prezident buning uchun hokimlarni tanqid qilib, nima uchun korxonalar ijtimoiy soliq stavkasi tushirilganiga qaramasdan, «adolatli soliq to‘lashga» o‘ta olmayotganini so‘radi.
BMT Bosh assambleyasi Shavkat Mirziyoyev taklif etgan «Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi. Dunyoning barcha qit’alaridagi 80 ta davlat hujjatning hammualliflari bo‘ldi.
Prezident videoselektor yig‘ilishida elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar, o‘g‘irliklar davom etayotganini tanqid qildi. Xususan, Namanganda 110 tonna, Qoraqalpog‘istonda 22 tonna aholiga berilishi kerak bo‘lgan ko‘mir sotib yuborilgan.
O‘zbekiston prezidenti bosh vazirga mart oyigacha Toshkentga 1000 ta avtobus olib kelish bo‘yicha topshiriq berdi. Avvalroq buncha miqdordagi avtobuslarni 2025 yil oxirigacha sotib olish rejalashtirilgan edi.
Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumaniga tashrifi davomida kutilmaganda mahallaga tashrif buyurib, kirish eshiklari holatiga nazar tashladi, aholi xonadonlarida bo‘ldi. U mutasaddilarning issiqlik masalasini hal qilayotganiga ishontirdi, sovuq tez orada o‘tib ketishini aytib, yo‘laklar muzlaganini tanqid qildi.
Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi, qirg‘iz tomoni xabar qilganidek, ushbu haftada emas, keyinroq bo‘lib o‘tadi, deya ma’lum qildi «Gazeta.uz»ning O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasidagi manbasi.
O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan 402 kishi, jumladan, 17 nafar xorijlik va 63 ayol afv etildi. Xususan, 223 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinmoqda. Shuningdek, 58 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan prezident farmoniga ko‘ra mamlakat tarixida ilk bor 400 ga yaqin mahkum afv etildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarov bilan telefonda suhbatlashib, uni tavallud kuni bilan tabrikladi. Shuningdek, Qirg‘iziston nashrlari 9 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyevning mamlakatga tashrifi haqida xabar berdi.
O‘zbekiston prezidenti inklyuziv jamiyatni barpo etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirilishini aytdi. «Ishontirib aytamanki, sizlar o‘zlaringizni yolg‘iz his etmasligingiz uchun bor kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz», — dedi u Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan yo‘llagan murojaatida.
Prezidentga yerlarni auksion orqali sotishni soddalashtirish uchun savdoga qo‘yish bosqichlari va muddatlarini qisqartirish, bu jarayonga kadastr organlari xodimlarini jalb etish hamda xususiylashtirish bo‘yicha yig‘im miqdorini kamaytirish taklif etilmoqda. Davlat rahbari ushbu chora-tadbirlarni tasdiqladi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish bo‘yicha qonunlar imzolandi.
Prezident farmoni bilan Bosh prokuratura akademiyasi negizida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etiladi. Muassasada 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab tergov faoliyati va huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalarida bakalavriat va magistratura o‘quv jarayoni yo‘lga qo‘yiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting